Yo‘lbars va ayiq jangi qanday tugadi (video)?
Hindistonda yo‘lbars va ayiq o‘rtasidagi jangni tasvirga olishdi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bergan.
Rolik mualliflari — Maxarashtra shtatidagi Tadoba parkiga kelgan sayyohlar. Ularning hikoya qilishicha, yo‘lbars suvda o‘ynayotgan paytda urg‘ochi ayiq bolalari bilan kelib qolgan. Bu yerni o‘ziniki deb bilan yo‘lbars «begonalar»ga hujum qilgan.
Ammo yakunda ayiq yo‘lbarsni quvib yubordi.
Shunga qaramasdan, ekolog Anish Andxerianing aytishicha, baribir yo‘lbarslar kuchli sanaladi. Ayiqning bu g‘alabasida uning qalin junlari qo‘l kelgan, yo‘lbars unga tirnog‘ini botira olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter