YTH oqibatida haydovchining otasi vafot etdi
2020-yil 15-noyabr kuni soat 04:00 larda Pungon-Namangan yo‘lining 33-km.da «Lasetti» avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismida to‘xtab turgan «Damas» avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, YTH natijasida «Damas» avtomashinasida bo‘lgan haydovchining otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 15-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter