Namanganda 5 yoshli qiz hodisa qurboni bo‘ldi

«Neksiya 2» haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi voyaga yetmagan piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, joriy yilning 20-aprel kuni soat 18:30 larda, Mingbuloq tumani «Jomashuy-Tegirmon-Navbahor» yo‘lining 4 km.da, Kichik Jomashuy mahallasi ichki yo‘lida, «Neksiya-2» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter