Yuk mashinasi portlab ketdi: halok bo‘lganlar bor
Bugun, 14-iyun kuni soat 17:40larda Samarqand viloyati Urgut tumani «Kenagas» MFY hududida joylashgan maishiy gaz ballonlarini propan gazi bilan to‘ldirish shaxobchasida «ZIL-130» rusumli yuk avtomobilidan suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida propan sig‘imining yorilishi sodir bo‘lgan.
Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida yuk avtomobil haydovchisi va shaxobcha ishchisi voqea joyda vafot etgan. Hozirda hodisa sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter