Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda Spark ichidan katta miqdorda narkotik topildi

Yunusobodda Spark ichidan katta miqdorda narkotik topildi

Videodan kadr.

Toshkentda besh kilogramm giyohvand moddalari aniqlandi.

IIV va DXX tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Spark rusumli transport vositasi to‘xtatilib, holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Unda mashinaning old qismiga joylashtirilgan, 5 dona polietilen paketga o‘ralgan og‘irligi 5 kg miqdordagi giyohvandlik vositalari topilib, holislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan. 

Tezkor surishtiruv natijasida gumonlanuvchi shaxsning sherigi ham borligi aniqlanib, uning yashash manzili holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda honadondan 6 o‘ramda turli xildagi giyohvandlik moddalari borligi ma’lum bo‘ldi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda jami 5kg 370 gramm giyohvandlik moddalarining tarqalishi oldi olindi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring