Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshon archasini kesganlar ushlandi

Zarafshon archasini kesganlar ushlandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xo‘jaydod mahallasida yashovchi fuqaro Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «Ishonch telefoni»ga murojaat etib, tog‘da o‘suvchanligini yo‘qotmagan Zarafshon archalari tag qismidan kesilganini xabar qilgan.

Mazkur murojaatga asosan Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari xodimlari ishtirokida maxsus guruh tuzilib, aytilgan manzilda o‘rganish olib bordi.

Tadbir chog‘ida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining Olachapon o‘rmon bo‘limiga qarashli 2-aylanma, 7-kvartaldan yaylov sifatida foydalanib kelayotgan ijarachi I. Sh. bog‘ni o‘rash maqsadida shu hududda o‘suvchanligini yo‘qotmagan har xil diametrdagi 14 tup Zarafshon archasini tag qismidan kesib olgani aniqlandi.

Holat yuzasidan hudud o‘rmon qorovuli O.N va ijarachi I.Sh ning har biriga O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksi 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan ma’muriy jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 13 million 500 ming so‘m zarar belgilandi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabar qilishicha, ayni paytda jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring