«Navoiyazot» korxonasi Zarafshon daryosi baliqlari nobud bo‘lishida ayblanmoqda
Joriy yilning 4-sentyabr kuni Zarafshon daryosida me’yoridan ortiq ifloslangan suv oqizilganlik va nobud bo‘layotgan baliqlar holati bo‘yicha Navoiy viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, «Navoiyazot» AJ tomonidan Zarafshon daryosiga tashlanadigan ifloslangan suvlar tarkibida azot kislotalarining miqdori tavsiya qilinganidan ortib ketganligi natijasida Zarafshon daryosining Karmana tumanidan o‘tuvchi qismida daryoda yashovchi tirik jonzotlar nobud bo‘lgan.
Holatni o‘rganish, suv hamda o‘lgan jonzotlardan na’munalar olish maqsadida viloyat IIB va tegishli tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilinib, ishchi guruh tuzilgan. Mutaxassislar ishtirokida nobud bo‘lgan jonzotlardan hamda Zarafshon daryosiga quyiladigan oqova suvlardan na’munalar olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, huddi shunday holat o‘tgan yilning oktyabr oyida ham sodir bo‘lgan va bunga «Navoiyazot» AJga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan daryoga hayot uchun xavfli moddalar chiqarilgani sabab bo‘lgani aytilib, o‘rganish-surishtiruv ishlari o‘tkazilayotgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter