Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zomin milliy tabiat bog‘ida yana yong‘in sodir bo‘ldi

Zomin milliy tabiat bog‘ida yana yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 8-avgust kuni soat 16:37da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Xabar asosida FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, zudlik bilan yong‘inni bartaraf etish ishlariga kirishilgan.

Taxminan soat 18:20larda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishda FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari ishtirok etgan. Yong‘in natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring