Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominning Peshag‘or qishlog‘i seldan so‘ng (foto)

Zominning Peshag‘or qishlog‘i seldan so‘ng (foto)

Foto: Forishliklar rasmiy telegram-kanali

Bugun Jizzax viloyatining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida katta sel keldi. Xususan, kuchli sel oqimi Zomin tumanining Peshag‘or, Achchi, Sho‘rcha qishloqlaridan o‘tgan soylardan ham toshib yo‘llargacha chiqib ketdi.

O‘zgidrometning «Zomin» meteorologik stansiyasi bugun, 4-may kuni stansiyada 17 mm yog‘in kuzatilganini qayd etgan. Tog‘li hududlar uchun qisqa vaqt oralig‘ida bu kabi yog‘inning kuzatilishi sel kelishi uchun yetarli.

Fotolarda esa Peshag‘or qishlog‘idagi seldan keyingi manzara.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring