Zoyir Mirzayev xodimlarini «hayvon» va «eshshak» deya so‘kkan rahbarni jazoladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi rahbari Fayzullo Yusupovning o‘z xodimi «hayvon», «eshshak» deya haqoratlagani audiosi tarqalgandi.
Unda onlayn yig‘ilish o‘tkazayotgan Yusupov Koson tumani moliya bo‘limi mudirini haqorat qilgani ma’lum qilingan. Koson tumani moliya bo‘limi mudiri esa Yusupovning haqoratiga e’tiroz bildirib, o‘zini himoya qilishga uringan.
«Sen hayvonsan. To‘xtab tur, sen bola. Sen faksogramma olmasdan turib moliya mudiri bo‘lib o‘tiribsanmi hali? Chiqar bu noinsofni»,—deydi Yusupov.
«Nasafnews» ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Moliya boshqarmasi boshlig‘ini intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, Fayzulla Yusupovga odob-axloq qoidalariga rioya etmaganligi, xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi bandiga asosan «Hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter