3 yigit bir qizni talon-taroj qilishdi

Joriy yilning 10-avgust kuni soat 08:30 larda 25 yoshli X.K. tanishlari 24 yoshli Yo.U. va 25 yoshli P.O.lar bilan «Moskvich-412» rusumli avtomashinasida Yozyovon tumani hududida harakatlanib ketayotib, yo‘l chetida ketayotgan 20 yoshli B.Z.ning (ayol) «Samsung A-10» rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov bo‘limi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida «Samsung A-10» rusumli telefon apparati yuqoridagi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi xizmati Yo.U., P.O. va X.K.larga tegishli Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunbuzarlar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas