Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 yil qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbulda qo‘lga olindi

8 yil qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbulda qo‘lga olindi

1957 yilda tug‘ilgan Rita Xalilova fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2016 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida u Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, Rita Xalilova O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring