Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«96 yoshdagi onamning duolarini olishim kerak» — 23 nafar mahbus jazodan ozod etildi

«96 yoshdagi onamning duolarini olishim kerak» — 23 nafar mahbus jazodan ozod etildi

Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 23 nafar mahbus insoniylik tamoyillari asosida avf etildi.

Koloniya mas’ul vakilining ma’lum qilishicha, mahbuslarning chin ko‘ngildan pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani inobatga olingan.

23 nafar jazodan ozod etilganlarning har biri ma’lum sabablar bilan aldovlarga uchgan va yo‘ldan adashganlar bo‘lgan. Ular jazo muddatini o‘tash davrida xatolarini anglab yetishgan va koloniyada ortiqcha noo‘rin xatti-harakatlar sodir etishmagan.

«Yoshim qirqqa yaqinlashmoqda. 4 nafar farzandim bor. Adashib qolganimni kech anglab yetdim. Lekin endi hayotda mehnat qilib o‘z o‘rnimni topaman. Farzandlarim tarbiyasiga alohida e’tibor qarataman», — dedi Farhod Ahrolqulov.

O‘z oilasi bag‘riga qaytgan 23 nafar mahbusdan tashqari, qilgan ishi xatoligini anglagan yana 10 dan ortiq mahbuslarning ham jazo muddati qisqartirilgan. 

Prezident farmoni asosida jazodan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytgan Baxtiyor G‘ulomov 60 yoshni qoralagan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lgan.

«Bir yilda ozod etildim. Prezidentimiz farmoni asosida avf etilib, ozodlikka chiqayapman. Mingdan ming rahmat. Bir yil qamoqda o‘tirganim men uchun 10 yildek tuyuldi. 96 yoshdagi onamning duolarini olishim kerak. Qilgan ishimdan pushaymonman»,— dedi Baxtiyor G‘ulomov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring