Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2021-2024 yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2024-yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter