Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi boshqarmasida yana bir tayinlov amalga oshirildi

Adliya vazirligi boshqarmasida yana bir tayinlov amalga oshirildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Madaminov Avazbek Abdulla o‘g‘li vazirlikning Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Madaminov shu kunga qadar vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, Dilmurat Abdialimovich Umarov vazirlikning Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring