«Akamni qarzi uchun shu «Volga»ni oling...» — 16 yoshli bola jinoyatga qo‘l urdi

2021-yilning 8-dekabr kuni soat 20:35 larda Qo‘qon shahrida yashovchi 60 yoshli R.M. Farg‘ona viloyati IIB «102» xizmatiga murojaat qildi.
Unda Qo‘qon shahar Sharq mavzesi 9-sonli ko‘p qavatli uyning yonida joylashgan avtoturargohdan «Gaz-3102» rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli T.O. avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, elektr kabellarini ulash yo‘li bilan o‘t oldirib olib qochgani va Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro P.E.,ga akasining qarzi evaziga garovga berib yuborganligi aniqlangan.
Olib qochilgan «Gaz-3102» rusumli avtomashina E.P. dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan voyaga yetmagan T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter