«Alfa-PVP»ni 80 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxs ushlandi
Yarim kilogrammga yaqin «alfa-pirrolidinovalerofenon» (a-PVP) sintetik giyohvandlik moddasini 80 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahrining X.Olimjon MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda muqaddam sudlangan, 1957 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatda ro‘yxatda turuvchi fuqaro U.T., 1 kg. «alfa-pirrolidinovalerofenon» giyohvandlik vositasini 180 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 0,5 kilogrammga yaqinini 80 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter