Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Jihodchilar» guruhi qo‘lga olindi

Andijonda «Jihodchilar» guruhi qo‘lga olindi

2020-yil 12-iyun kuni Andijon viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Jihodchilar» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 26.09.2016-yildagi qaroriga asosan terroristik deb topilib, mamlakatimiz hududida faoliyati taqiqlangan) ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Izboskan va Asaka tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tintuv va olib qo‘yish tergov harakati o‘tkazildi. Tergov harakati natijasida ayrimlarining telefon apparatlari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni elektron holda saqlash va tarqatish orqali oddiy fuqarolarning ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki tergov-tekshiruv natijalariga ko‘ra, guruh a’zolarining ayrimlari avval mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasida ishlab yurishi davomida ekstremistik oqim a’zolarining ta’siriga tushgan va oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Boshqalari esa internet orqali «Jihodchilar» oqimining aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni ko‘rishi natijasida o‘zlari yot g‘oyalar ta’siriga tushgan va keyinchalik boshqalarni ham shu yo‘lga da’vat qilganligi aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring