Andijonda uyushgan guruh qo‘lga olindi

13-may kunidan 14-may kuniga o‘tar kechasi Andijon tumanida yashovchi fuqarolar D.X va bir guruh shaxslar tumanning Guliston mahallasida joylashgan «Abdurashid hosili» fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan «Andijanpetro» MChJga qarashli neft quvurlariga maxsus moslama o‘rnatib, ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlayotgan vaqtlarida Andijon tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakillari tomonidan ushlanganlar. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, ulardan 35 dona maxsus tayyorlangan qoplarda neft mahsulotlari, 30 dona bo‘sh qoplar, temir trubaga ulangan maxsus moslama hamda 8 metr hajmdagi sellofanlar olingan.

«Andijanpetro» MChJ tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu jamiyatga tegishli bo‘lgan jami 10.500.000 so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingan hamda markaziy quvurga shikast yetkazilib yaroqsiz xolga keltirilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 may kuni yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «g» bandi va 255-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter