Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asakabank» mansabdorlari 2 million dollarni «bo‘lib olishdi»

«Asakabank» mansabdorlari 2 million dollarni «bo‘lib olishdi»

Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtirgan loyiha pullari mahalliy amaldorlar va tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirib yuborildi. Bu haqda IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, pezidentning «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan $2 mln miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida «G.B.A.» MChJ rahbari, «Asakabank» AJ Buxoro viloyati filiali mansabdorlari, «Asakabank» AJ bosh ofisi mansabdorlari hamda «K.s» MChJning mansabdorlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, qo‘lga kiritgan.  

Shuningdek, kreditning qaytarilishini ta’minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kreditning asosiy qismi to‘lanmaganligi natijasida 1 mln 282 ming 630 AQSh dollari, foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 ming 084 AQSh dollari miqdorida zarar yetkazgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring