Avtomaktab xodimlari qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.-22» MChJ avtomaktabi o‘qituvchisi R.Ye. fuqaro A.K.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 3,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, R.Ye.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda Nukus shaharidagi «A.» MChJ o‘qituvchisi Q.Ye. R.Ye.dan 3,2 mln so‘m va 4 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berish uchun yana 10,1 mln so‘mni olgan vaqtida, «A.K.» MChJ instruktori S.B. Q.Ye.dan 12,5 mln so‘mni olgan vaqtida hamda «A.K.» MChJ sobiq rahbari N.A. instruktor S.B.dan jami 12,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.X. fuqaro U.T.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter