Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomashinani chetga olib chiqish huquqi «Ishonchnoma»larda alohida ko‘rsatiladi – loyiha

Avtomashinani chetga olib chiqish huquqi «Ishonchnoma»larda alohida ko‘rsatiladi – loyiha

Avtomobil boshqarish uchun beriladigan ishonchnomalarda transport vositasini chet elga olib chiqish huquqi yozma ravishda ko‘rsatilishi talab qilinishi mumkin.

Mazkur tartibni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasida aytilishicha, bu – ishonchnoma asosida rasmiylashtirib berilgan avtomototransport egalarining huquqlarini ishonchli himoya qilish imkonini beradi.

Loyihada avtomototransportlarga nisbatan rasmiylashtirilgan ishonchnomada mazkur avtomototransportlarning respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holatini qayd etish  nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda, xususan, 2024 yilda 50 nafarga yaqin fuqarolarning avtotransportlari ishonchnoma berilgan fuqarolar tomonidan chet elga olib chiqib ketib, qayta olib kirilmaganlik holatlari kuzatilgan. Xuddi shunday holat 2025 yil iyun oyida ham 8 ta holatda sodir etilgan.

Manba: regulation.adliya.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring