Ayol «orani ochiq qilish» uchun sobiq eriga 200 million to‘ladi
Fuqarolar B.X. va F.X.lar oilaviy kelishmovchiliklar sabab 15 yillik turmushlaridan ajralgan. Birgalikda bunyod qilgan uylarida ayol turmushlaridan tug‘ilgan ikki nafar farzandini qoldirgan er B.X. boshqa ayol bilan turmush qurib ko‘chib ketgan edi.
So‘ngra fuqaro B.X. mazkur uydagi ulushini sobiq turmush o‘rtog‘i F.X.dan undirish masalasida sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2023 yil 20 yanvardagi qaroriga asosan F.X.ning foydasiga qarzdor B.X.dan birgalikdagi turmushlarida qurilgan uydagi ½ qismi ulushi uchun 200 mln. so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida, sobiq xotini bo‘lgan F.X. turmush o‘rtog‘i B.X.ga 200 mln so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berishga qaror qildi va shu bilan ijro ishi amalda tamomlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter