Bankdan 90 ming dollarni talon-toroj qilganlar qo‘lga olindi – poytaxt IIBB

Joriy yilning 18-iyun kuni Yashnobod tumani Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Tenge Bank Chakana xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida noma’lum shaxslar tomonidan 90 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ talon-toroj qilingani haqida xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha shaxslar bank kassasiga mijoz sifatida tashrif buyurib bank kartasida mavjud 90 ming AQSh dollarini naqdlashtirish maqsadida POS-terminalga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan 90 ming AQSh dollarini olib ketgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu harakatni sodir etgan jinoiy guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, postterminal, 9 dona bank kartalari, 1 670 000 so‘m va 36 495 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.. Jami 9 nafar shaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter