Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi ochiladi

Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi ochiladi

Foto:«Advokatnews»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Bepul yuridik yordam to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Qonun loyihasida quydagilar bepul yuridik yordamning turlari sifatida ko‘rsatilmoqda:

  • huquqiy maslahatlar berish;
  • huquqiy axborot berish;
  • huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar tuzish;
  • sudlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda vakillikni amalga oshirish;
  • jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov bosqichlarida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish.

Qonun 5 bob va 38 moddani o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, prezidentning «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ham muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorda belgilanishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat, fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish faqatgina Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi tomonidan shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshiriladi. Bunda advokatlar bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan avtomatik tizim orqali tanlab olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring