Bosh prokuratura bir guruh mansabdorlarga ish ochdi
Bosh prokuratura tomonidan sobiq Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida o‘tkazilgan o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzib kelingani aniqlandi.
Xususan, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan yuqoridagi Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o‘tkazilmasdan, festival tadbirlarini o‘tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd. so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan.
Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr oylarida amalda o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsada, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida «etender.uzex.uz» maxsus axborot portaliga 24 oktyabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o‘tkazish haqida nomigagina e’lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.
O‘tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd. so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter