Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: jurnalistga nisbatan tahdid holati jiddiy o‘rganilmoqda

Bosh prokuratura: jurnalistga nisbatan tahdid holati jiddiy o‘rganilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Uch kun avval saytimizda jurnalist Xurshid Daliyevga nisbatan tahdid yuz bergani haqida hamkasbimiz tarqatgan ma’lumotga tayanib xabar bergan edik. 

Vaziyat jiddiyligi e’tiboridan (axir jurnalist tanqidiy maqolalari yuzasidan bunday yoqimsiz holatga duch kelayotir) surishtiruv natijalari haqida ma’muot berishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildik.

Mahkama matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Xurshid Daliyevning arizasi 28.08.2019-yil kuni Namangan shahar IIBga kelib tushgan. Hozirda IIB tomonidan tegishli harakatlar olib borilib, arizada ko‘rsatilgan telefon raqam egasini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.

Xurshid Daliyev tanqidiy-tahliliy chiqishlari bilan e’tiborga tushgan jurnalist. Bir muddat «Yoshlar» telekanalida faoliyat ko‘rsatgan. So‘ng ijodiy faoliyatini «Kun.uz» saytida davom ettirgan hamkasbimiz ayni paytda «Human.uz» sayti asoschisi hisoblanadi.

«Xabar.uz» voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring