Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda soliqchining ozodligi to‘rt yilga cheklandi

Buxoroda soliqchining ozodligi to‘rt yilga cheklandi

Buxoro shahar soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘’basi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlab kelgan X.X.ning ozodligi 4 yilga cheklandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, inspeksiya bosh inspektori Buxoro shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlarning savdo do‘konlarida o‘rganishlar olib borgan. X.X. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan tadbirkor R.Sh.ga unga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida kelgusida tekshirish o‘tkazmaslikni va’da bergan. Shuningdek, soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslari orqali ham bu «xizmat»ni ta’minlab turish va uning faoliyatiga rahnamolik qilib yurish evaziga 200 AQSh dollari berishni talab qilgan. Bundan tashqari, har chorakda 150 AQSh dollari olib turishga kelishgan.

«Uzoq yillar soliq inspeksiyasida faoliyat yuritib kelgan bosh inspektor o‘zi tomonidan talab qilingan 150 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan», — dedi sud raisi.

Aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining turli moddalari qo‘llanilgan.

U sud hukmiga ko‘ra, uzil-kesil 2 yil muddatga Davlat soliq organlarining jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish tuzilmalarida hamda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. Shuningdek, unga 4 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Tergov jarayonlarida X.X. ga nisbatan qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring