Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada 1 milliard so‘mlik dori vositalari fosh bo‘ldi

Chegarada 1 milliard so‘mlik dori vositalari fosh bo‘ldi

Cifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Navoiy» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro J.J. boshqaruvidagi «DAF» rusumli yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1 milliard 58 million so‘mlik 47 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring