Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chust hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chust hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Madaniy meros agentligi

Namangan viloyatidagi «Abdumalik» masjidi Chust tuman hokimining qarori bilan «qarovsiz va egasi aniqlanmagan bino» degan vaj bilan hokimiyat balansiga o‘tkazib olingan va sotib yuborilgan.

Vazirlar Mahkamasining madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Madaniy meros agentligi va Bosh prokuratura tekshiruvlarida ma’lum bo‘lishicha, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Chust tumanining Yangihayot mahallasida joylashgan «Abdumalik» masjidi XX asr boshiga mansub bo‘lib, u 2018 yilda Chust tuman hokimining qarori bilan «hashar yo‘li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino» degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga o‘tkaziladi.

So‘ng tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln so‘mga sotib yuborilgan.

«Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros ob’yektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan «Abdumalik masjidi»ning 61,1 kv metr shift qismining qaytadan ta’mirlanib, tusi o‘zgartirilgani natijasida unga 806,5 mln so‘m jiddiy zarar yetkazilgan», — deyiladi bayonotda.

Hozirda Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring