Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dallolmi  yoki «repetitor»?

Dallolmi  yoki «repetitor»?

Foto: «Ru.dreamstime.com»

Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro 42 yoshli Muqaddas A. qizi 18 yoshli Umida O.ni Nig‘mat U. ismli o‘qituvchisi institutga kirishi uchun o‘quv fanlaridan «repetitorlik» asosida tayyorlab yurib, yetarli ball to‘play olmaganligi sababli, unga tanishi 23 yoshli Shaxboz S. chet elda joylashgan oliy o‘quv yurtlaridan biriga imtihonsiz joylab qo‘yishda yordam berishini aytib, Shaxboz S. bilan tanishtirgan va 2020-yilning 30-avgust kuni Mirobod tumanida joylashgan Oybek metro bekati oldida Shaxboz S. haqiqatan ham, uning qizini chet elga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, 4 500 AQSh dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmaganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan mazkur fuqarolarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring