Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX Kadastrlar palatasining tumandagi xodimini 15 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga oldi.

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani filiali xodimi va 1981 y.t. shaxs o‘zaro til biriktirib, dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli 17 gektar yer maydonini ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring