Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX kontrabandachilarni qo‘lga oldi

DXX kontrabandachilarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1975 y.t. fuqaroning yashash xonadonida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 9 kg. 766 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Andijon – Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan, Paxtaobod tumanida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Uychi tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

 Natijada, uning salon qismida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan  1 kg. 379 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 8 kg «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1975 va 1981 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs ushlandi.

 Shuningdek, Bekobod shahrida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam mazkur joyga qoldirib ketganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi DXX xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring