Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX mansabdorlar tomonidan qilingan yirik talon-torojlik holatini aniqladi

DXX mansabdorlar tomonidan qilingan yirik talon-torojlik holatini aniqladi

Prezident Qarori bilan 2018-2021 yillarda Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv binolarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun 54,3 mlrd. so‘m ajratilishi rejalashtirilgandi.

2018 yilda o‘tkazilgan tenderda «Jayhun Universal Qurilish» MChJ g‘olib chiqib, u tomonidan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar barcha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.

Ammo, zarur mablag‘lar davlat budjetidan ajratilganiga qaramasdan, rejalashtirilgan ishlar belgilangan muddatda yakuniga yetmagan.

Aniqlanishicha, pudratchi «Jayhun Universal Qurilish» MChJ va buyurtmachi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirgan holda, tegishli hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan 12,7 mlrd. so‘m miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Aniqlangan holat yuzasidan «Jayhun Universal Qurilish» MChJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa buyurtmachi «Qishloq qurilish invest» MChJ injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston filiali va 7 ta pudratchi tashkilotlar mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan budjet mablag‘ining 17,5 mlrd. so‘mini talon-taroj qilganliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ham qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring