Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va FXX Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarini qo‘lga oldi

DXX va FXX Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiya Federatsiyasida 7 nafar va O‘zbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan vaqtida diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan va o‘z saflarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollash hisobidan kengaytirish bilan shug‘ullangan.

Ular yashirin yig‘ilish tashkil etib, Telegram messenjeri orqali videokonferensiya yo‘li bilan «umumjahon xalifaligi» deb ataluvchi doktrina asosida tizimli o‘qitish va terrorchilik tashkilotiga jalb qilish ishlari amalga oshirilgan. Ularning bu faoliyati horijdagi g‘oyaviy maslakdoshlari tomonidan muvofiqlashtirib borilgan.

To‘plangan materiallar asosida Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan shu jamoatning yana 2 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, bu shaxslar ham Rossiyadagi yashirin jamoat a’zolari tomonidan telegram messenjerida tashkil etilgan virtual guruhlarga a’zo bo‘lib, XTTning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgartirishni targ‘ib qiluvchi materiallarini tarqatib kelgan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlar, 2 ta flesh xotira  va 1 ta horijiy davlatga tegishli bo‘lgan sim karta daliliy ashyolar sifatida olindi hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Hozirda hibsga olingan shaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring