Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrdan qarzini to‘lamagan fermerning «Volkswagen»i jarima maydoniga qo‘yildi

Elektrdan qarzini to‘lamagan fermerning «Volkswagen»i jarima maydoniga qo‘yildi

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti korxonalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari ijrosi olib borilmoqda.

Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor «Raximboy» fermer xo‘jaligidan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJga 78,6 mln. so‘m undirilishi ko‘rsatilgan.

MIB xabariga ko‘ra, qarzdorlikni undirish maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli «Volkswagen ID.4» rusumli avtomashina xatlangan va jarima maydoniga olib kirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring