Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironligi aniq ko‘rinib turgan shaxslar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilmasligi belgilandi

Nogironligi aniq ko‘rinib turgan shaxslar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilmasligi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarga nogironlik qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilmasdan muddatsiz davrga belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatiga oid bo‘lgan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar bitta hujjatga jamlandi.

Bunda:

- respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlar;

- tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish tartiblar;

- zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar o‘tkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ro‘yxati;

- fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish uchun qabul qilish va o‘tkazish tartibi, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar hamda ko‘rikdan qayta o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar ro‘yxati;

- jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini ekspertizadan o‘tkazishning asosiy mezonlarini, kasblar faoliyati bilan bog‘liq kasb kasalliklari ro‘yxatini, jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajalari hamda ularni belgilash tartiblari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, qarorda nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash ko‘zda tutilgan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqishning muddatlari va bosqichlarini, uni ishlab chiqishda nogironligi bo‘lgan shaxs hamda mutaxassislar ishtirokini, dasturni bajarishda bajaruvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar hamda unda belgilangan tadbirlarning monitoringini olib borish va bajarish natijalarini baholash aniq vazifa etib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring