Eskrou tizimi joriy etilgach yangi uy-joylarning narxi oshib ketgani rad etildi

2025-yil-1 iyuldan yangi uy-joylar xarid qilishda eskrou tizimi ishga tushiriladi. Developerlar uy-joyni shu platformada ro‘yxatga qo‘ymasdan, aholi mablag‘larini ulush kiritish asosida jalb qila olmaydi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonovning bildirishicha, qurilish jarayonlarining platforma orqali shaffof kuzatib borilishi o‘z navbatida, uy-joy qurilishi bozoridagi investitsiyalar xavfsizligi va ishonchli developerlar bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.
«Eskrou» hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar ko‘payishi natijasida developer tashkilotlariga loyihaviy moliyalashtirish doirasida amaldagi stavkalarga nisbatan ancha pastroq stavkada mablag‘lar ajratiladi.
Bu esa eskrou tizimi joriy etilgach yangi uy-joylarning narxi keskin oshib ketadi degan ma’lumotlarni inkor etadi», – deydi vazirlik rasmiysi.
Manba: facebook.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter