Farg‘onada 2 nafar ichki ishlar xodimi ushlandi
Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan 14 yoshli voyaga yetmagan shaxs ichki ishlar muassasasida vafot etganligi holati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Bosh prokuratura xabarida qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida 2 nafar sobiq ichki ishlar idorasi xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, o‘z majburiyatlariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, ularni bajarmaganligi oqibatida markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan R.Abdusattorov (marxum) ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilar tomonidan kun davomida muntazam ravishda urib-do‘pposlanib, unga og‘ir darajadagi tan jarohatlari yetkazilib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sobiq IIB markaz tarbiyachisi hamda navbatchilik smenasi inspektor-navbatchisi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasi tartibida ushlangan.
Avvalroq IIB muassasasida o‘smir vafot etgani ortidan 2 nafar xodim ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter