Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ombor mudirlari ushlandi

Farg‘onada ombor mudirlari ushlandi

Bosh prokuratura tomonidan energetika sohasida qonun buzilishi holatlariga nisbatan keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori mudiri U. N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 623,7 tonna ko‘mirlarni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, Buvayda tumani ko‘mir ombori mudiri A.I. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 413,8 mln. so‘mlik 1.364,3 tonna ko‘mirlarni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, ko‘mirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilgan.

Ikkala holat bo‘yicha ham ombor mudirlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonning uch tumani ko‘mir ombor mudirlari qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring