Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada savdogarga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi

Farg‘onada savdogarga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

2019-yil 22-avgust kuni taxminan soat 13-00larda 20 yoshli Said Ya. Marg‘ilon shahrida joylashgan savdo do‘konlaridan birida telefon sotuvchi fuqaro 21 yoshli Abror I.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, o‘tkir tig‘li jism bilan Abror I.ga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Said.Ya.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida unga JKning 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan fuqaro Said Ya. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring