Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Farhod» bozoridan 15 ming AQSh dollari evaziga joy olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi

«Farhod» bozoridan 15 ming AQSh dollari evaziga joy olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: «nuqtainazar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning narx-navosini sun’iy oshirilishing oldini olish, ichki iste’mol bozorini himoya qilish, tadbirkorlarni bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.larga Uchtepa tumanidagi «Farhod dehqon bozori» AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1.800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring