Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FHDYolar Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tadi

FHDYolar Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tadi

Foto: Xabar.uz

2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berildi.

Bunda, agentlikka FHDYo organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklanadi.

Farmon bilan Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etishning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Sal avvalroq to‘y ssenariylarini tuzib chiqish g‘oyasi paydo bo‘lgan edi. Ammo buning umuman iloji yo‘q. Har bir hududning o‘z udumlari bor, shu sababli hamma joyda bitta ssenariy bilan to‘y o‘tkazish mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring