Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkordan katta miqdorda pul undirgan firibgarga ish ochildi

Tadbirkordan katta miqdorda pul undirgan firibgarga ish ochildi

Shayxontohur tumanida tadbirkorning 1,9 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro G.A. «D.» MChJ rahbarining ishonchiga kirib, 2020-yilning oktyabr-dekabr oylarida jamiyatning 2,7 mlrd so‘mlik dori vositalarini Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi dorixonalarga yetkazib berib, sotuvdan tushgan 1,9 mlrd so‘mni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborib, «D.» MChJ manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring