Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotima-Zuhraning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Fotima-Zuhraning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 26-yanvar kuni 32 yoshli Nilufar Yu. Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘z arizasida «Fotima» va «Zuhra» ismli shaxslar, 2021-yilning 3-yanvar kunidan to 27-yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Nilufar Yu.ga Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganliklarini qayd etadi. Uni Dubayga borish uchun mo‘ljallangan hujjatlarini tayyorlab, 27-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida «egizaklar»  huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani 4-sonli IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Fotima B. va Zuhra I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi «e» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda, egizaklarni, muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinish ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring