Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaro nobop sherik va qarzlar tufayli uyidan ayrildi

Fuqaro nobop sherik va qarzlar tufayli uyidan ayrildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Temiryo‘lchi mahallasidagi ota hovlisida uzoq yillar yashab kelgan Mo‘minovlar oilasi qonunan o‘zlariga tegishli bo‘lmagan uydan majburiy ravishda ko‘chirildi. Bu fojiali voqea ortida ko‘plab sabablar bor.

Mo‘minovlar oilasi yashab kelgan uyni qurishda otasining ko‘p yillik mehnati bor. Mustahkam va chiroyli uy oilaning suyanchig‘i edi. Biroq, oilaning katta o‘g‘li qabul qilgan noto‘g‘ri qarorlar bu baxtni yo‘qqa chiqardi. U biznesga kirishib, uyni garovga qo‘ydi, biznesdagi sherigiga ishondi.

Biroq biznesi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, qarzlar ortdi va Mo‘minov qarzlarini qaytara olmadi. Bu orada sherigi ham va’dasini buzib, Mo‘minovning garovdagi uyini 200 ming AQSh dollariga sotib yubordi. Endi uyning qonuniy-haqiqiy egasi Xashimov edi...

U sudga murojaat qilib, o‘z huquqlarini himoya qildi. 2025 yil 25 fevraldagi sud qarori bilan Mo‘minovlar oilasi uydan chiqarilishi belgilandi.

14 aprelda Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limiga kelib tushgan ijro varaqasi asosida davlat ijrochilari harakatga o‘tdi. Ular qonuniy tartibda, barcha zarur tartib-taomillarga rioya qilib, Mo‘minovlar oilasini bir necha marta ogohlantirdi va ularga uyni ixtiyoriy tark etish uchun vaqt berdi. Sud jarayonining uzaytirilishi va ijro harakatlarining to‘xtatilishiga qaramay, MIB o‘z vazifasini ado etishi lozim edi.

Barcha huquqiy imkoniyatlar tugagach, MIB qonunga muvofiq majburiy ijro harakatlarini amalga oshirdi. Sudning qonuniy qarori ijro etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring