Fuqarolarni Angliya, Kanada, Serbiya va Bolgariyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi fuqaro A.Sh. fuqaro Sh.B. va boshqalarni Angliyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 18 000 AQSh dollarni qo‘lga kiritganini aniqlagan.
Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari esa fuqaro X.T. fuqaro S.K. ni Kanadaga ishga yuborishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlagan.
Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro I.J. fuqaro E.X. ni 1 500 AQSh dollari evaziga Serbiya yoki Bolgariyaga ishlash uchun viza olib berishini aytib, 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter