Gaz ta’minoti xodimlari qo‘lga tushdi
«Chilonzortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi va yetkachi muhandisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Chilonzortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi B.Yu. va mahallada ishlash xizmati yetakchi muhandisi S.A. tadbirkor X.S.ning «Karvonsaroy» 1-tor ko‘chasida joylashgan mehmonxonasida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirishib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yubormaslik evaziga tadbirkordan 25 mln so‘m talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter