Har bir qurilayotgan ob’yektning QR-kodli pasporti joriy etiladi

«Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan har bir qurilayotgan ob’yektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi.
Bu orqali shaharsozlik sub’yektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
2025-yil 1-iyuldan:
- barcha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi;
- bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish ob’yektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;
- tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangidan quriladigan ob’yektlarga videokameralar o‘rnatiladi;
- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter