Hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Xiva shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaliklari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Sh. pora olayotganida ushlandi, deyiladi Xorazm viloyati IIB rasmiy saytida.
Fuqaro A.Z. qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash sexi va omborxonasi qurilishi uchun 1 000 kv.m. yer uchastkasi ajratilishida yordam bergani uchun 2 000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilayotgani to‘g‘risida hokim o‘rinbosari ustidan shikoyat qilgan. 2018-yil 6-oktyabr kuni viloyat IIB JQB Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, O.Sh. 2 000 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan O.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning o‘zi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter